30 HAYOTIY SABOQ!

Joshua Filds Millbern, The minimalists blogi mualliflaridan biri uni omad sari yetaklagan muhim haqiqatlar bilan bo‘lishdi.

Yaqinda men 30 yoshga to‘ldim, bu yillar davomida men ko‘p narsalarni angladim. Shu bois hayotning menga bergan muhim saboqlari haqida so‘z yuritmoqchiman.

  1. Sevgi kerak. «Hech qachon sevmagandan ko‘ra, sevib yo‘qotgan yaxshi», degan iborani eshitganmisiz? Ha, u hattoki yuragimizni parchalasa ham, sevgi kerak, chunki sevmasak, hayotimiz besamar o‘tgan bo‘ladi.
  2. Sevgining o‘zi kamlik qiladi. Sevgi muhim bo‘lsa-da, u aslida abadiy emas: biz yaqinlarimizga doimo ularga befarq emasligimiz, ularni sevishimizni namoyon etishimiz lozim. Ha, sevish – bu fe’l.
  3. Baxt sotilmaydi. Uni pulga sotib olib bo‘lmaydi, buyum insonni baxtli qila olmaydi – har holda uzoq muddatga. Haqiqat shundaki, hammamiz ham bir kun kelib bu hayotni tark etamiz, qancha boylik, hashamat ketidan quvmaylik, ularni o‘zingiz bilan u dunyoga olib ketmaysiz, ular sizni o‘limdan asray olmaydi ham.
  4. Muvaffaqiyat — istiqbol masalasi. Men avval o‘zimni muvaffaqiyatli deb o‘ylardim, chunki mening maoshim juda yaxshi edi. Katta uyim, hashamatli avtomobilim, buyurtma asosida tikilgan kostyumim, qimmatbaho soatim, katta ekranli televizorim va moddiy dunyoning boshqa atributlari bo‘lsa, yanada muvaffaqiyatli bo‘laman, deb o‘ylardim. Oxir-oqibat, men ularning hammasiga ega bo‘ldim va endi bularning bari o‘zimni muvaffaqiyatli his qilishimga umuman yordam bera olmasligiga ishonchim komil. Buning o‘rniga o‘zimni qandaydir arzimagan narsalarga umrini sarflagan ahmoqdek his qildim.
  5. Inson o‘zgarishi uchun «xohlayman» so‘zidan «bajarishim kerak»ga o‘tish lozim. Butun umrim davomida o‘zgarishni istashimni anglab yashadim: men baxtsiz, o‘z hayotidan qoniqmagan inson edim, haqiqiy erkinlik nima ekanligini bilmasligimni tushunib turardim. Muammo shunda ediki, buni aqlan tushunib turardimu, qalban anglamasdim. O‘zingizga necha marotaba «o‘zgaraman», deb va’da berishingiz mumkin, lekin bu qaror miyangizdagi har bir hujayraga kirib bormas ekan, bundan natija chiqmaydi. Sizdagi «xohlayman» «bajarishim kerak»ga aylanganidagina o‘zgarishlarga tayyor bo‘lasiz.
  6. Hayot mazmuni. Hayot – berish demak. Munosib yashab o‘tishning eng yaxshi yo‘li oddiy: shaxs sifatida to‘xtovsiz o‘sish va boshqalarga yordam berish. Hayotning asl ma’nosi ana shu – rivojlanish va yordam.
  7. Salomatlikning naqadar muhimligini hamma ham anglab yetavermaydi. Bizning tanamiz aksariyatning unga bo‘lgan munosabatidan muhimroq: agar sog‘liq bo‘lmasa, qolgani hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmay qoladi.
  8. Hissiyotlarni ko‘rsatish u qadar muhim emas. Onam men 28 yoshdaligimda hayotdan ko‘z yumdilar. Bunga ko‘nikish oson bo‘lmadi, lekin oxir-oqibat bir narsani tushunib yetdim: xotiralar buyumlarda emas, qalbimizda yashaydi.
  9. Ish — hayotingizdagi yagona missiya emas. Har holda, men uchun shunday bo‘lib chiqdi, garchi uzoq vaqt davomida ishga hayotimdagi eng muhim narsadek munosabatda bo‘lgan bo‘lsam ham. Shu qadar ko‘p ishlardimki, boshqa hech narsaga vaqtim qolmasdi. Mashaqqatli mehnatning yomon joyi yo‘q, albatta, biroq u hayotingizdagi undan-da muhim narsalarga ziyon yetkazishi mumkin: sog‘liq, munosabatlar va orzular.
  10. Haqiqiy qiziqish uyg‘otuvchi narsani topish muhim. Biroq yodda tuting, qiziqish – bu sizga avvaldan xos bo‘lgan xususiyat emas, demakki, sizning istaklaringiz va tamoyillaringizga to‘g‘ri keluvchi mashg‘ulotni topsangiz, uni o‘zingizda shakllantirishingiz mumkin.
  11. Munosabatlar ahamiyatga ega. Har qanday munosabatlar – do‘stona, romantik, qardoshlik – bu berish va qabul qilishni bilish o‘rtasidagi muvozanat. Har qanday munosabatlarda «biz» zonasi mavjud, unga har bir inson o‘zidan biror nima qo‘shishi va olishi kerak. Agar siz faqat bersangizu olmasangiz, u holda sizdan foydalanishayotgandek tasavvur paydo bo‘ladi; agar o‘rniga hech narsa bermay, faqat olsangiz, siz o‘zingizni birovning hisobidan yashaydigandek his qilishingiz mumkin.
  12. Hammaga va har kimga yoqish shart emas. Barchamiz bizni sevishlarini istaymiz, bu sut emizuvchilarning asosiy instiktidir; lekin hamma munosabatlar ham teng emas, shu bois barchaga birdek yoqishga umid qilish kerak emas. Hayot bunday emas. Hattoki kimgadir yoqmasangiz ham, bu hech qanday ahamiyatga ega emas. Osmon uzilib, yerga tushmaydi. Yaxshisi, sizni yoqtirmagan kishilarga e’tibor bermay, tinchgina o‘z ishingiz bilan shug‘ullaning.
  1. Nufuz – yolg‘on. Muvaffaqiyatdagi kabi, bizning madaniyatimiz asl boylik belgisi sifatida moddiy farovonlikka katta e’tibor qaratadi. Shunday bo‘lsa-da, men yuqori nufuzga ega bo‘la turib, avvalgidek baxtsiz bo‘lgan juda ko‘p kishilarni bilaman va ular menga badavlatdek tuyulmaydi. Asl boylik sof aktivlar qiymati bilan belgilanmaydi.
  2. Hasad — befoyda tuyg‘u. Raqobat hasadni keltirib chiqaradi, u esa jirkanch tuyg‘u. Hasad – dunyoga o‘z himoyasizligini namoyon qilishning yana bir usuli.
  3. Har bir insonning o‘zi havas qilgan kishisi bo‘ladi. Yozuvchi Devid Foster Uolles buni hammasidan yaxshi ifodalab bergan: «Hech kimga havas qilmay, yashab bo‘lmaydi. Hamma nimanidir o‘g‘irlaydi. Biz faqat tanlashimiz mumkin».
  4. Men Koinot markazi emasman. Biz doim o‘z hayotimizdagi shart-sharoitlar haqida o‘ylaymiz. Bugun nimalarga ulgurishim kerak? Ishdan bo‘shatib yuborishmasmikan? Nima uchun chekishni tashlay olmayapman? Nima uchun ozishning uddasidan chiqmayapman? Nima uchun hayotdan mamnun emasman? Biz hayotimiz haqida juda ko‘p o‘ylaymiz, lekin shuni unutmaslik kerakki, biz – murakkab masalliqning bir elementimiz xolos.
  5. Anglab yetish — erkinlikning eng qadrli turi. Minimallik — erkinlik foydasiga ortiqcha narsadan xalos bo‘lish. Bu befoyda narsalarga to‘la murakkab dunyoni osonroq, yengilroq qilishga imkon beruvchi usul. Hayotimizdagi xilma-xillik bizni o‘ziga jalb qilayotgan bir paytda biror narsani anglab yetish qiyin, biroq shunday qilish juda muhim – faqat shundagina haqiqiy erkinlikka erishish mumkin.
  6. Cho‘qqiga chiqib, manzaradan bahra oling. Bu metafora – mening hozirgi lahzalarda yashashim kerakligini eslatib turadi. Cho‘qqiga chiqqach, undan darhol tushishni o‘ylamang. Shunchaki cho‘qqiga turib, manzaradan bahra oling.
  7. Ko‘pincha qo‘rquvlarimiz behuda bo‘lib chiqadi. Shunchaki o‘zingizdan so‘rang: «Aynan nimadan qo‘rqayapman?» Biz ko‘pincha hayotimizga hech qanday ta’sir o‘tkazmaydigan yoki o‘zimiz nazorat qila olmaydigan narsalardan qo‘rqamiz, shunday ekan, besabab xavotirga o‘rin yo‘q.
  8. O‘zgarishlar — bu o‘sish. Hammamiz ham yangi cho‘qqilarni zabt etishni istaymiz, shunday bo‘lsa-da, aksariyat insonlar o‘z hayotlaridagi o‘zgarishlarga tayyor emaslar. Yangi muhit – noma’lum muhit, noma’lumlik esa noqulaylik demakdir, noqulaylik esa – yaxshi emas. Biroq o‘zimizni o‘zgarish jarayonidan rohatlanishga o‘rgatsak, noma’lumlikni esa xilma-xillik sifatida qabul qilsak, yangi sharoitlardan bebaho saboq olamiz: biz shaxs sifatida o‘samiz.
  9. Mukammallikka bo‘lgan intilish bizni unga yaqinlashtiradi. Men mukammal emasman va hech qachon bunday bo‘lmayman ham. Men ham xato qilaman va noto‘g‘ri qarorlar qabul qilaman, ko‘pincha mening boshlagan ishlarim tanazzulga yuz tutadi. Qoqilaman, yiqilaman. Men insonman va menda xuddi sizdagi kabi turli xislatlar bor.
  10. O‘tmish bilan kelajak teng emas. Siz o‘tmishni o‘zgartira olmaysiz, shuning uchun diqqatni kelajakka qaratish muhim. Agar o‘tmish sizga kelajak kabi ahamiyatga ega bo‘lsa, u holda siz avtomobilni faqat orqa oynaga qarab boshqarayotgan haydovchi kabi bo‘lasiz. Biroq agar faqat orqaga qarab, oldinga harakatlanmoqchi bo‘lsangiz, bu falokatga olib keladi.
  11. Og‘riq foydali bo‘lishi mumkin, lekin azoblanish emas. Og‘riq bizga nimadir noto‘g‘ri ekanligini tushunib yetish imkonini beradi: u bizga xulqimizni o‘zgartirishimiz kerakligidan dalolat beradi. Azoblanish esa, aksincha – hissiy reaksiya. Bu bizning shaxsiy tanlovimiz va biz istagan vaqtimizda his qilingan og‘riqdan to‘g‘ri xulosa chiqarib, azoblanishni bas qilishimiz va oldinga qarab harakat qilishimiz kerak.
  12. Shubha-gumon o‘ldiradi. Istaklaringizga yetishishga halaqit beruvchi birgina kishi bor va bu inson – sizning o‘zingiz.
  13. Kutish — bu normal holat. Ba’zan biroz poylab turish foydadan xoli bo‘lmaydi. Doim shoshilishdan nima foyda? Uning o‘rniga sayohatdan bahra oling.
  14. Halol bo‘lish muhim. Halol bo‘lish – to‘g‘risini aytish, yolg‘on gapirmaslik demak.
  15. Ochiqlik ham halollik kabi muhimdir. Ochiqlik – halollikdan-da qiyinroq ko‘nikma. Ochiqlik faktlarni yetkazishdagi aniqlik, to‘g‘ri gapirishni uddalash va boshqalarni chalg‘itmaslikni ko‘zda tutadi. Ochiqlik nisbatan sub’ektiv sifatga kiradi: ochiq bo‘lishdan avval, o‘zingizning oldingizda halol bo‘lishingiz kerak. Bu o‘z hayotini ko‘z-ko‘z qilish degani emas: doim nimadir begonalardan pinhon tutiladi va bu normal holat.
  1. Boshqalarda qiziqish uyg‘otishni o‘rganing. Buni uddalashning yagona yo‘li – ularga foyda keltirish. Men katta jamoani boshqarganimda, ularga doim bir savolni berardim: «Bu haftada qanday foyda keltirdingiz?» Men bu savolni o‘zimga berardim va jamoam uchun nima qilganimni ularga doim aytib berardim. Men shu yo‘l bilan qiziqish va ishonch uyg‘otishni uddaladim.
  2. Reklama xavfli. Ko‘pincha reklamaning «tuzog‘iga tushamiz» («Qancha ko‘p xarid qilsangiz, shuncha ko‘p tejaysiz», «Uch kunlik chegirmali xaridlar!») va natijada o‘ylamay harakat qilamiz. Agar atrofimizdagi dunyoni yetarlicha yaxshi tushunsak, o‘zimizda yolg‘onni qabul qilmaslik xususiyatini mustaqil ravishda shakllantirishmiz mumkin.
  3. Men hali-hanuz bularning barchasini anglab yetishga harakat qilaman. Men o‘z qarashlarimni har bir inson hayoti uchun universal qoida sifatida taqdim etmoqchi emasman. Menga ish bergan narsa sizda natija bermasligi ham mumkin.

Do‘stlaringizga ham ulashing

Tavsiya etiladi

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Kechki romantika – er va xotin yaqinlik munosabatlari nega sovub boradi?

Suhbatlarda so‘rash xijolatli mavzu… Bugungi sirlashadigan mavzuyimiz - Er xotin munosabatlari sovushining sabablari va yechimi… Jinsiy aloqa haqidagi ko‘plab kitoblarda uni takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatilgan. Aloqaning turlicha ko‘rinishi, har xil holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va hokazo. Ushbu maslahatlarni yig‘sa...
Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Burjlar bo‘yicha mos juftliklar – Munajjimlar bashorati sizga mos juftlikni topishingizda yordam beradi

Hut va Savr Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadi. O‘z o‘rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi. Mezon va Hamal Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e'tiborida bo‘lish, tashkiliy ishlarni do‘ndirish va...
Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Tug‘ilgan sanangiz siz haqqingizda so‘zlaydi

Raqamlar yordamida inson xarakteri, uning qiziqishlari-yu taqdirini bashorat qiluvchi mutaxassislar har bir tavallud sanasining o‘z ta'biri borligi haqida ko‘p gapirishadi. Bundoq o‘ylab qarasangiz, ularning ta'rifu tavsifida jon bor! 1 raqami Oyning birinchi sanasida tug‘ilganlar ijodkortabiat, o‘z prinsiplarga sodiq, mustaqil fikrlovchi...
Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

Sevgan insoningiz uchun muhabbat bu – …

❤️Sevgan insoningiz uchun muhabbat nima ekaniga aniqlik kiritib olsangiz, munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Bunda sizga quyidagi shpargalka ko‘maklashadi. ♈️ Hamal uchun — hayajon; ♉️ Sarv uchun — qulaylik; ♊️ Javzo uchun — rag‘batlantirish, ba'zida esa mug‘ombirlik; ♋️ Saraton uchun — tarbiya,...
Qiziqarli – begingizning burji muhabbatidan so‘zlaydi

Qiziqarli – begingizning burji muhabbatidan so‘zlaydi

Turmush o‘rtog‘ingizning fe'l-atvorini nafaqat bilishingiz, balki tushunishingiz ham kerak. Shunda oilaviy munosabatlar iliq va mustahkam bo‘ladi. 😍😍😍 ♈️♈️♈️ Hamal: e'tiborni yoqtiradi! Oilaviy hayotning ilk yillaridanoq bu burj vakillari har bir masalaga mas'uliyat bilan yondashishadi. Ular uchun hal etilmaydigan muammoning o‘zi...
Yuz tuzilishiga qarab xarakterni aniqlaymiz

Yuz tuzilishiga qarab xarakterni aniqlaymiz

🔮 Cho‘ziqroq yuz. Yuz tuzilishi ovalsimon insonlar harakatchan insonlardir. Bunday shakl yuz sohiblarining iyaklari qirrali va tuxumni eslatgan holda pastga yo‘nalgan bo‘ladi. Mazkur toifaga kiruvchi insonlar tinib tinchimaydigan, hayotdan har doim yangilik izlab yashovchilardir. Ular hayot tarzini tez-tez o‘zgartirishga moyil....
“Mening xarakterim nomli” psixologik test!

“Mening xarakterim nomli” psixologik test!

Test javoblari: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz. Birinchi raqamli Optimistsiz! 2-VARIANT: Siz har qanday jonbozliklarga chiday olasiz, faqat...
JUFTINGIZ KO’NGLIGA YO’L TOPISHDA SIZ YO’L QO’YADIGAN 5 XATO

JUFTINGIZ KO’NGLIGA YO’L TOPISHDA SIZ YO’L QO’YADIGAN 5 XATO

Ba'zan, tirnoq ostidan kir qidirish, odati o‘z-o‘zidan qaynonadan uning o‘g‘liga o‘tganini sezib, yoqa ushlab qolasiz. Sevimli «dadajonisi»ni ichingizda «onangga o‘xshamagur», deb qarg‘ab ham qo‘yasiz. Biroq, masala shu bilangina hal bo‘lsa qaniydi… Bo‘lmaydi-da! Turmush o‘rtog‘ingizga dabdurustdan lab bo‘yog‘ingizning rangi, ovqatingizning ta'mi,...
30 HAYOTIY SABOQ!

30 HAYOTIY SABOQ!

Joshua Filds Millbern, The minimalists blogi mualliflaridan biri uni omad sari yetaklagan muhim haqiqatlar bilan bo‘lishdi. Yaqinda men 30 yoshga to‘ldim, bu yillar davomida men ko‘p narsalarni angladim. Shu bois hayotning menga bergan muhim saboqlari haqida so‘z yuritmoqchiman. Sevgi kerak....
«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

«Mening xarakterim» nomli psixologik test!

Rasmdagi g'alati yuzlardan o'zingizga chiroyli ko'ringanini tanlab, xarakteringiz haqidagi ma'lumotlarni o'qing! TEST JAVOBLARI: 1-VARIANT: Siz juda baxtiyor insonsiz va har qanday muammoga qo'rqmasdan qarshi chiqasiz. Nimadir yoqmadimi? Yuziga ochiq aytasiz. Nimadir g'ashingizni keltirdimi? O'ylab o'tirmasdan yo'lingizdagi muammoni yo'q qilib tashlaysiz....

Fikr bildirish